Germaniyada Rock am Ring rok-festivali doirasida uyuştirilgan keçki konsert paytida 12 kişini çaqmoq urdi, deb xabar bermoqda Bild naşri. Naşrning ma'lumotlariga köra, taxminan yarim keçasi jala yoğib, tezda haqiqiy böronga aylangan. Şamol metall konstruksiyalarni qulatib, çodirlar va pavilonlarni uçirib yuborgan. Bir soniya interval bilan ketma-ket çaqmoq urişlar boşlangan.

“Bu mening hayotimdagi eng mudhiş tunlardan biri böldi. Şundoqqina tepamizda çaqmoq urardi, ulardan biri mendan bir metr nariga kelib urildi. Odamlar dahşatdan baqirişardi, politsiya heç kimni sarosima qilmaslikka çaqirardi. Juda qörqinli böldi”, deb izoh berib ötdi festivalga taşrif buyurganlardan biri.

Böron oqibatida 27 kişi jarohat olgan, ulardan 6 kişining ahvoli oğin baholanmoqda. Ayni paytda çaqmoq urişidan jarohat olgan 12 kişi şifoxonada qolmoqda.

Rock am Ring dunyodagi eng yirik rok-festivallardan biri bölib, har yili Germaniyada iyunning birinçi dam oliş kunlari taşkil etilib, 4 kun davom etadi. Festival 1985 yildan beri ötkazilib kelinadi.