Bugun 6 iyunda Berlinda Turin va Kataloniya klublari “Yuventus” va “Barselona” Çempionlar Ligasi finalida Yevropaning eng yaxşi futbol klubi nomi uçun kuraş olib boradi.
“Yuventus” 12 yildan beri ilk bor uşbu musobaqaning finaliga çiqa oldi va özining tarixida uçinçi bor, “Barselona” esa beşinçi bor va oxirgi ön yil içida törtinçi bor bu musobaqani yutişga harakat qilib köradi. Berlindagi ğalaba ikkala jamoa boş murabbiylari uçun ham klublardagi özlarining debyut mavsumlarining ajoyib tarzda yakunlanişi bölişi mumkin. Massimiliano Allegri “Yuventus” bilan birinçi mavsumida Italiya çempionatini yutişga, Luis Enrike esa Ispaniya çempionatini yutib “Barselona” bilan xuddi şunday körsatkiçga erişişga muvaffaq böldi.
Bundan taşqari, ikkala jamoa ham uşbu mavsumda öz mamlakatlarining kubogini qölga kiritişga muvaffaq bölişdi, hamda Çempionlar Ligasidagi ğalaba ularga öziga xos “oltin xet-trik”ni rasmiylaştirişga imkon beradi. “Barselona” uçun bunday natija uning tarixidagi ikkinçi şunday muvaffaqiyat böladi, jamoa 2008/09 yillardagi mavsumda buning uddasidan çiqqan edi. Kataloniyaliklardan taşqari bir mavsumda uçta asosiy musobaqani yana "Seltik" (1967), "Ayaks" (1972), PSV (1988), "Mançester Yunayted" (1999), "Inter" (2010) va "Bavariya" (2013) klublari yutişga muvaffaq bölişgan.
“Yuve” uçun bu Yevropa çempionlari kubogidagi sakkizinçi finali böladi. Turinliklar avvalgi 7 finaldan bor-yöği ikkitasida yutişgan:
1972/73, "Ayaks"dan 0:1 hisobida mağlubiyat;
1982/83, "Gamburg"dan 0:1 hisobida mağlubiyat;
1984/85, "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida ğalaba;
1995/96, "Ayaks" bilan 1:1 durangdan keyin penaltilar seriyasi böyiça 4:2 hisobida ğalaba;
1996/97, Dortmundning "Borussii" klubidan 1:3 hisobida mağlubiyat;
1997/98, “Real”dan 0:1 hisobida mağlubiyat;
2002/03, "Milan" bilan 0:0 durang natijadan keyin penaltilar seriyasi böyiça 2:3 hisobidagi mağlubiyat.
Bu final “Barsa” uçun ham uşbu musobaqaning 8-final uçraşuvi böladi. Jamoa avvalgi 7 ta finaldan 4 tasida ğalaba qozongan, 3 tasida mağlub bölgan.
1960/61, 2:3 hisobida "Benfika"dan mağlubiyat;






