«Bernli» hujumçisi Denni Ingz faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradigan böldi. «Mersisaydliklar» sayti bu haqda rasmiy xabar tarqatdi.
23 yoşli Angliya terma jamoasiga nomzod bölgan hujumçi liverpulliklar tarkibiga «Bernli» bilan şartnomasi tugagaç, 1 iyul kuni erkin agent sifatida kelib qöşiladi.
Futbolçining «Liverpul» bilan qança muddatga şartnoma tuzgani hozirça noma'lum bölib turibdi. Bu borada tomonlar futbolçi tibbiy körikdan ötib bölgaç, bir töxtamga kelişi közda tutilgan.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, Ingz ötgan mavsumda Angliya premer-ligasida jami 35 uçraşuvda maydonga çiqib 11ta gol va 4 golli uzatmani amalga oşirgandi.






