Kickstarter saytida simsiz Peeple videokamerasi loyihasi muvaffaqiyatli moliyalaştirildi. Bu videokamera kiriş eşigi uçun telefon raqami aniqlagiçining muqobili böladi.

Peeple asosi eşikning içki tomonidan eşik glazogi mahkamlagiçiga örnatiladi. Söngra asosiy blok asosiga heç qanday mahkamlagiçsiz mahkamlanadi. Bu agar glazokdan qaraş kerak bölsa kamerani tezda olib turiş imkonini beradi. Bundan taşqari, Peeple’ni oynavand eşiklarga yelim bilan mahkamlasa böladi.

Qurilma uydagi Wi-Fi simsiz aloqa tarmoğiga ulanadi, undan tasvir maxsus dastur örnatilgan smartfonga uzatiladi (dasturning Android va iOS operatsion tizimlari uçun versiyalari mavjud). Bunda uy egalari internetga çiqiş bölgan dunyoning istalgan nuqtasidan turib, tasvirlarni körişlari mumkin böladi.

Peeple’ga örnatilgan akselerometr eşik qoplamasidagi tebranişni yoki eşik oçilganini aniqlab, avtomatik ravişda videoga olişni boşlaydi. Bundan keyin foydalanuvçiga bu haqda xabar keladi. Bundan taşqari, videoqator keyinçalik köriş uçun saqlab qöyiladi.

Içki örnatilgan akkumulyator batareyasi yarim yilgaça avtonom ravişda işlaşni ta'minlaydi. Istiqbolda Peeple uçun nafaqat eşikni taqillatişda, balki eşik qönğiroği bosilganda yoki odam uyning yonida paydo bölganining özidayoq işga tuşişga imkon beruvçi aksessuarlar işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Dastavval loyiha iştirokçilari Kickstarter orqali 50 ming dollar yiğişni rejalaştirişgandi. Hozirda 70 ming dollar yiğişga muvaffaq bölişdi. Peeple videokamerasi 150 dollar narxdan taklif etilmoqda.






