Samarqand şahrida yil imomi aniqlandi. Bu haqda Özbekiston musulmonlar idorasi Masjidlar bölimi xabar bergan.

"Imom-xatib bugungi paydo bölayotgan yangiliklar va özgarişlarni tahlil qila oladigan va öz navbatida munosabat bildiradigan darajadagi salohiyatga ega bölişi zamon talabidir. Buning uçun ular diniy va dunyoviy ilmlarni puxta egallaşlari va muntazam voqeliklardan xabardor bölişlari davr taqozosidir.

Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har yili ötkaziladigan an'anaviy “Yil imomi” körik tanlovning bu boradagi ahamiyati kattadir.

Iyun oyining ikkinçi kuni Samarqand viloyatida mazkur tanlovning viloyat bosqiçi bölib ötdi. Unda tumanlarda ğolib bölgan ön oltita imom-xatib va noiblar iştirok etdi. Tanlovning haşamatli anjumanlar zalida ötkazilişi ham unga bölgan e'tiborning yuqori ekaniga dalolat qiladi.

Körik tanlov qatnaşçilari Qur'on oyatlari tafsiri, aqidaparast oqimlar, ma'naviyat-ma'rifat, fiqhiy masalalar, Islom tarixi va ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlari böyiça sinovdan ötdilar. Imomlar körik tanlovda özlarining bilimdonlik, hozirjavoblik va ilmiy salohiyatlarini yana bir namoyiş etdilar.

Yakuniy bosqiç natijalariga köra, birinçi örin Samarqand şahar “Xöja Abdu Darun” jome masjidi noib imomi Baxriyev Qamariddinga nasib etdi. Ikkinçi öringa Tayloq tuman “Jumabozor” jome masjidi imom-xatibi Samariddin Abdulsaidov erişdi. Uçinçi öringa esa Kattaqörğon şahar “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom-xatibi Anvar Nazarov loyiq topildi. Ğoliblar va barça iştirokçilarga sovğalar topşirildi", deyiladi xabarda.

Manba: muslim.uz