6 iyun kuni Suriyada musulmon dunyosini hayratga solgan voqea sodir böldi. Mamlakatning Örta Yer dengizi sohilida joylaşgan şahri bölmiş Tartusda Bibi Maryam nomi bilan yangi masjid oçildi.
Suriyaning Din işlari böyiça vaziri Muhammad Abdul Sattor as-Sayyodning aytişiça, Iso Masihning onasi sifatida qaraladigan Bibi Maryam nomi bilan masjid oçilişi musulmon va xristianlarning birodarligi ramzi hisoblanadi.
Tartus va Latakiya şahridagi katoliklar patriarxi Antuan Dib ham bu iş musulmonlarning bağrikengligi ifodasi ekanligini qayd etgan va bu ikki din bir xil maqsadni, dunyoda tinçlik bölişini tarğib qilişini ta'kidlagan.
Tartus şahridagi bu voqeaga xalqaro kuzatuvçilar ham yaxşi baho berişgan va Suriyada hamişa ikki din vakillari döstona munosabatlar bilan umrguzaronlik qilib kelişganini e'tirof etişgan.
Qayd etilişiça, Suriyada fuqarolar uruşi boşlanişidan oldin 2 million nasroniy yaşagan va bu jami aholining 10 foizidan ortiqroğini taşkil qilgan.
2014 yilning örtalaridan boşlab, "IŞID" terrorçilari faollaşişi tufayli mamlakatni 1 millionga yaqin nasroniy tark etgan. Jangarilar şu vaqtgaça Suriyadagi 100dan ortiq ibodatxonani buzib taşlagan.






