Apple iPhone va iPad uçun yangi iOS 9 taqdim qildi. Bu haqda San-Frantsiskodagi WWDC konferensiyasi vaqtida kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federigi ma'lum qildi.
Yangi versiyada Siri nomli ovozli yordamçi tizimi örnatilgan. Bu tizim qurilma egasining hayotida qulayliklar yaratişni közda tutadi. Bu tizimda ertalab yugurişga çiqqanda pleyer avtomatik ravişda yoqiladi, poçtaga kiruvçi xabarlar tekşirilib, tahlil qilinadi va kun tartibi uçun qulay tavsiyalar beriladi.






