2015 yilning ikkinçi yarmi davomida “Yangi Sirğali” madaniyat va istirohat boğini qayta ta'mirdan çiqariş işlari amalga oşirilib, foydalanişga topşiriladi. Bu haqda madaniyat vazirligining maktubiga tayangan holda Uz24 naşri xabar bermoqda.
Aytilişiça, boğ “Kamolot” yoşlar taşabbuslari markazi balansidan çiqarilib, Toşkent şahar kengaşi ixtiyoriga topşirilgan.
Bundan taşqari, Olmazor tumanidagi “Oymomo” boğida ham ta'mirlaş işlari davom etayotgani xabar qilinmoqda. Şartnomaga binoan, u Open Garden MÇJga ijaraga berilgan. Kompaniya u yerdagi attarktsionlarni tiklaş işlarini amalga oşirmoqda.






