Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyaçisi Dani Alveş amaldagi şartnomasini 2017 yilning yoziga qadar uzaytirgaç, jamoa uning iştirokida matbuot anjumani taşkil etdi. Alveş anjumanda jamoada qolişi sabablari haqida gapirib ötdi.
«Menda biroz bölsada ikkilaniş holati bor edi. Biroq, yutuqlarni nişonlaş davomida bildimki, bu yerdagilar meni juda qadrlaşar ekan. Har kim öz manfaatlarini himoya qiladi. Biz klub rahbariyati bilan oxirida til topişişga muvaffaq böldik».
«Messi menga, «Dani, qol. Yana qayerda özingni bu qadar yaxşi his qila olişing mumkin?» dedi. Mavsum boşida Enrike biz bu mavsumdan zavq olamiz deya ta'kidlagandi. Bu menga yoqqandi. Men Luis Enrikeda özim uçun juda köp narsalarni kaşf qildim».
«Senga raqobat qiliş uçun keladiganlarni köriş yoqimli. Aleiş Vidal juda ajoyib futbolçi».
«Men bu klubni juda yaxşi köraman. «Barselona» menga juda köp narsa berdi», deya futbolçining sözlaridan iqtibos keltirmoqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi.






