Ğarbning bir qator nufuzli bosma naşrlari Bavariyada ötkazilgan “Kuçli yettilik” sammiti yakunlariga köra kelib çiqqan asosiy xulosalarni umumiylaştirişga harakat qildi. Bu borada çop etilgan materiallar içida bir qator jiddiy fikrlar aytildi.
Jumladan, The Guardian naşri Barak Obamaning Ukrainadagi vaziyat keskinlaşgan taqdirda Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy qilinişi mumkinligi haqidagi sözlariga e'tibor qaratdi. Italiya, Buyuk Britaniya va Fransiya AQŞni bu borada qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Şu bilan birga, Fransiya yetakçisi Rossiya bilan aloqalarni davom ettiriş zaruratini qayd qilib ötdi.
The Financial Times kolumnistining fikriça esa, G7 yetakçilari “Kreml kutganidan köra qattiqroq” ohangda ogohlantiriş berişdi. Faqatgina Germaniya kansleri Angela Merkel oğir ritorikadan qoçişga intildi.
Bundan taşqari, sammit iştirokçilari Ukrainani Minsk kelişuvlariga rioya qilib, hokimiyat vakolatini Donbassga topşirişga çaqirişdi. Ammo Ukraina bunday qadamni taşlasa, öz hududiy yaxlitligiga bolta urgan böladi. Şunga qaramay, yetakçi davlatlar Ukrainaga nisbatan pozitsiyalarini qattiqlaştirmasdan, unga xayrixohligini bildirib kelmoqda.
The Independent gazetasi Devid Kemeronning ikkilanişlariga e'tibor qaratdi. Obama Buyuk Britaniyaning harbiy xarajatlari NATOda belgilangan çegaradan pastga tuşib ketayotganidan xavotirdaligini bildirganida, Kemeron öz mamlakatining jahon miqyosidagi mavqei tuşib borayotganini tan olmadi. U Birlaşgan Qirolliklar “jiddiy global öyinçi” bölib qolayotganini yana bir bor e'tirof etdi.
Öz navbatida, The Daily Telegraph Ukraina ixtilofi va Rossiyaga nisbatan siyosat masalasi işçi tuşlikka ajratilgan vaqtning uçdan ikki qismini egallaganini ta'kidladi.
AQŞ naşrlari esa sammitda IŞIDga qarşi kuraş masalalari muhokama qilinganini birinçi örinda tilga olib ötişdi.
“Ukraina inqirozi va IŞIDning kuçayişi guruh sammiti kun tartibida turgan asosiy mavzulardir”, – qayd qilib ötdi The New York Times gazetasi.
The Wall Street Journal naşrining yozişiça, Yettilik davlatlari yetakçilari köpgina masalalar böyiça kelişuvga erişa oldi. Şu bilan birga, ular Ukrainadagi va Yaqin Şarqdagi vaziyat böyiça aniq xulosalarga kela olmadi.
Fransiyaning Le Figaro naşri esa Yettilik guruhi singari xalqaro siyosat institutining mavjudligi qay darajada aqldan ekanligini asosiy mavzu sifatida kötarib çiqdi. Ta'kidlanişiça, jahon yetakçilarining Bavariya Alplaridagi ikki kunlik bahslari na Ğarbda, na dunyoning boşqa qismlarida jiddiy qiziqiş uyğotmadi.