Yaqinda iOS dasturiy ta'minotining navbatdagi versiya keng jamoatçilikka taqdim etildi. Sinçkov mutaxassislar uning beta-versiyasini darhol tekşiruvdan ötkazib, tizimga kiritilgan asosiy özgarişlar, erişilgan yutuqlar va yöl qöyilgan xatolar haqida öz xulosalarini berdilar. Quyida sizlar bilan şu xulosalarni örtoqlaşamiz.

Umumiy özgarişlar

Şrift iOS 9ning asosiy farqli jihatlaridan biri böldi. Ilgarigi versiyada Helvetica Neue şrifti dolzarb hisoblangan bölsa, bu safar Apple mutaxassislari Comic Sans’ga öxşagan yangi şriftga qöl urgan körinadi. Umuman olganda, butun tizimda bu közga taşlanmaydi, ammo matn terganda, sermatn ilovalarda bilinadi.

Bundan taşqari, ekrandagi birlamçi gulqoğozda dengiz mavjlari aks etgan. Boşqa rasmlar beta-versiyaga kiritilmagan, ular yakuniy versiyaga kiritilişi kutilmoqda.

Virtual klaviaturada Shift tugmasi özgardi. Endi yuqori registr va Caps Lock qaysi payt yoqilganini aniqlaş osonlaşdi. Predikativ teriş, ya'ni yoziş paytida luğatdan söz variantlarini tanlaş imkoni endi rus tilli interfeysda ham mavjud.

Multitaç texnologiyasiga köra, foylalanuvçi ikki barmoğini klaviaturada uşlab tursa, harflar örniga klaviaturada matnni ajratiş quroli paydo böladi.

Find My Friends va Find My iPhone ilovalari iOS 9ning tizimli dasturlariga aylantirildi. Endi ularni App Store onlayn dökonidan sotib olişga hojat qolmadi. Bundan taşqari, Find My Friends’ni xabarlar markaziga qöşib, tanişlarning qayerda ekanligi haqida ma'lumot olib turiş mumkin.

Ilovalarga qaytiş tugmasi endi foydalanuvçi biror-bir dasturni tark etganda paydo böladi. Masalan, agar siz Tweetbot orqali Safari’ga ötsangiz, bir harakat bilan ortga qayta olasiz.