1 iyun kuni "Faxrli inson" loyihasining 3 yillik bayrami tadbiri ötkazildi va leykoz bilan oğriganlarga qon topşirgan hamda moddiy xayriya qilganlarga qoidaga köra "Faxrli inson" brasletlari topşirildi.
Tadbirga köplab san'atkorlar va sportçilar qatorida tadbirga taşrif buyurgan Ozoda Nursaidova kuylamasligi va faqat moddiy xayriya bilan çeklanib, bolajonlarga tabrik sözi aytib ketişini ma'lum qildi. U bunga sabab yaqindagina boşidan ötkazgan operatsiya ekanligini aytdi.
“Bu kabi gala-konsertlarda asosan fonogramma kuylanişi tuşunarli holat, ammo hattoki şuni ham qila olmayman oçiği. Sababi baribir fonogramma ustidan kuylab yuboraman. Berilib ketamanda... Turkiyada laparatomiya operatsiyasidan ötib qaytdim. Ançadan beri qiynayotgan professional kasallik (murakkab qöşiqlar kuylanayotganda bosim qoringa tuşadi) bölgan qorin çurrasini operatsiya qildirdim. Bunda oşqozonimning ham yarmini kesişga töğri kelgan. Bugungi kunda qat'iy parhez tufayli deyarli oddiy suv bilan kun ötkazyapman. Juda nimjon bölib qolganman. Operatsiyadan deyarli bir oy ötib, xizmatga çiqqanimda, fonogrammada kuylaganimda ham, berilib ketib ustidan kuylaverdim va 10 daqiqa ötar-ötmas töyxonani özidayoq huşimdan ketib qoldim. Öşa yerdan töğri şifoxonaga olib ketişdi”, deb gapirib beradi qöşiqçi.






