Amerikaning maşhur oziq-ovqat konserni PepsiCo Yevropa çempionlar Ligasining rasmiy homiysiga aylandi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar tarqatilgan.
Şartnomaga köra, kompaniyaning Pepsi, Lay's, Gatorade, Lipton, 7 UP va Doritos kabi oziq-ovqat va içimlik mahsulotlari Yevropa çempionlar Ligasi bölib ötayotgan stadionlar çetidagi reklama bannerlarida va şuningdek boşqa media kuzatuvlar joylaşgan hududlarda paydo böladi.
«Bugun PepsiCo katta futbolda yangi darajaga çiqdi. Şubhasiz, Yevropa çempionlar Ligasi juda ulkan, ommabop turnir. Undagi har bir uçraşuvni bir milliarddan oşiq odam tomoşa qiladi. Yangi hamkorlik ikkala tomon uçun ham misli körilmagan imkoniyatlarni oçadi», deya gapirib ötdi kompaniyaning Yevropa bölimi ijroçi direktori Ramon Lagvarta.
Tomonlar uç yillik şartnoma tuzişgan. Şartnomaning moliyaviy şartlari oşkor etilmagan.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, PepsiCo oziq-ovqat konserni 22 turdagi brend mahsulotlarini dunyoning 200dan ortiq mamlakatlaridagi iste'molçilarga sotib kelmoqda. 2014 PepsiCo yillik sotuv hajmi 66 milliard AQŞ dollaridan oşib ketgandi.






