"Real" jamoasining yangi boş murabbiyi Rafael Benites yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga bir neça nafar yangi futbolçilarni olib kelmoqçi. Bu haqda Sky Sports naşri xabar bergan.

Jamoa birinçi navbatda "MYu" darvozaboni David De Xeani xarid qilişni rejalaştirgan. Bundan taşqari, Benites jamoaga hujumçi, markaziy yarimhimoyaçi hamda öng qanot hujumçisi olib kelişni xohlamoqda.

U özi tuzadigan jamoada Marko Verratti ("PSJ"), Arturo Vidal ("Yuventus") va Joffri Kondogbia ("Monako") bölişini istaydi.

Qayd etiş joizki, "Real" şu vaqtgaça "Portu"dan braziliyalik himoyaçi Daniloni sotib olgan va Kazemironi ijaradan qaytargan.