AQŞ Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzodini qöyişi kutilayotgan sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Instagram ijtimoiy tarmoğida öz sahifasini oçdi.
Bir kundan kamroq vaqt içida siyosatçining öquvçilari soni 78 mingga yaqinlaşgan. Hozirgaça Klinton öz sahifasida uçta surat çop etgan bölib, ulardan birida osgiçlarga ilingan turli iş kiyimlari tasvirlangan va «Qiyin tanlov» deb izoh berilgan.
Akkaunt ta'rifida Hillari Klinton özini mehribon buvi sifatida taniştirgan va özining saylovoldi kampaniyasi saytiga havola bergan.






