11 iyunda Fransiya-Özbekiston biznes forumi davomida «Toşşahartransxizmat» AK vakili kompaniyaning loyihalarini taqdimot qiliş paytidagi nutqi davomida kompaniyada naqd pullarni yaşiriş holatlari röy berişini ta'kidlab ötdi.

“Heç kimga sir emas, naqd pullarni yaşirişning sub'yektiv sabablari mavjud. Şuning uçun bizda jamoatçilik transportida kontaktsiz tölovni amalga oşiriş tizimini joriy qiliş böyiça işlar olib borilmoqda. Kompaniya vakillari joriy yilda Fransiyaga taşrif buyurib, bu boradagi mahalliy tajriba bilan tanişişdi”, deb aytdi kompaniya vakili.

Vakil bunday tizimning Toşkentda tatbiq qilinişining oxirgi muddati 2016 yil bölişi, biroq barça işlar şu yiliyoq yakuniga yetkazilişi mumkinligini aytdi.

Smart-kartalar tizimini joriy qiliş uçun texnik tomondan 3-4 oy talab etiladi. Bu haqda şu yilning boşida “Toşşahartransxizmat” AK boşqaruv raisi Otabek Sodiqov ma'lum qilgan edi.

Sodiqov bu tizimning asosiy afzalliklari orasida differentsiyalaşgan tölov va tölangan safarlar tahlilidan kelib çiqib yönaliş tarmoğini yanada optimallaştiriş imkoniyatini aytdi.