Çilida bölib ötayotgan Amerika kubogida V guruhidan örin olgan Argentina va Paragvay örtasidagi uçraşuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Uşbu musobaqaning boş favoriti hisoblangan Argentina birinçi öyindayoq buni isbotlaşga tuşib ketdi. Argentina 29 va 36-daqiqalarda Agueroning öyindan va Messining penaltidan urgan goli evaziga unça jon koyitmagan holda oldinga çiqib olişga muvaffaq böldilar. Argentinaliklar bundan keyin ham köp imkoniyatlarga ega böldilar, biroq raqibni tor-mor etmaslikka qaror qildilar va oxir-oqibatda ikki oçko yöqotdilar.
Paragvay deyarli yutqazilgan öyinni Nelson Valdesning 60-daqiqadagi va Lukas Barriosning 90-daqiqadagi gollari evaziga saqlab qolişga muvaffaq böldi.
14 iyunda, şuningdek, S guruhi vakillari Kolumbiya va Venesuela ham bir-birlariga qarşi uçraşuvda musobaqadagi öz iştiroklarini boşlaşadi.
Kolumbiya – Venesuela
14 iyun, 22.00, “Estadio El Teniente”
15 iyun kuni bu guruhdan örin olgan yana ikki jamoa – Braziliya va Peru özaro töqnaşadilar.
Braziliya – Peru
15 iyunya, 00.30, “Estadio Municipal Bicentenario Germin Becker”
Kopa Amerika – 2015. Argentina – Paragvay 2:2
21:12 / 14.06.20153 0532 min






