Quyida “Barselona” hujumçisi Leonel Messi öz badanini turli tatuirovkalar bilan bezagani aks etgan suratlar çop etilgan.

Körinişiça, bu Leoning eng birinçi tatuirovkasi bölsa kerak. Futbolçi uni çap kuragiga tuşirgan, unda uning buvisi tasviri aks etgan. Messini aynan buvisi futbol seksiyasiga olib borgan va futbolçi har gal gol urganda körsatkiç barmoqlarini yuqoriga bigiz qilib, aynan buvisiga öz gollarini bağişlaydi.

2013 yilda Lionel özining tönğiç farzandining tuğilişini ikkinçi tatu bilan nişonladi. Öyinçining çap oyoğida kiçik qölçalar va öğlining ismi “Tiago” yozuvi tuşirilgan.

Tatu tez orada yana bir neça elementlar bilan boyitildi: qanotlar qöşildi va Tiago sözi atrofiga yurak tasviri tuşirildi.

2014 yilning dekabrida argentinalikning çap oyoğida xavflardan ogohlantiruvçi belgilar – töp, qiliç, atirgul va 10 raqami paydo böldi. Dunyo ahli bunday “ijoddan” hafsalasi pir böldi: Messining çap oyoği bundan çiroyliroq va originalroq tatuga loyiq edi.

2015 yilning fevralida Messining xudojöyligi sabab uning öng yelkasidan "Iso Masihning" surati joy oldi.

Bu yilning mart oyida Messi eng körinarli tatuirovkasini namoyiş qildi. Neymar va Martin Palermo kabi futbolçilar mijozi hisoblanadigan Roberto Lopes ismli ispaniyalik tatuirovka ustasi Messining öng qölidagi tatu (oçilayotgan nilufar gul, kafedral sobor vitraji va soatlari) Barselonadagi Muqaddas oila ibodatxonasiga bağişlanganini aytib ötdi.

Messi jahon futboli osmonida porlagan yorqin yulduz bölsa ham, lekin uning öz badanini bunday tarzda bejab taşaşi bizning mentalitetimizga yot narsa bölib, özini köz-köz qilişdan bölak narsa emas.