Rossiyalik qöşiqçi Janna Friske uzoq davom etgan xastalikdan keyin, 40 yoşida yoruğ dunyoni tark etdi. Bu ma'lumotni uning otasi Vladimir Friske tasdiqlagan.

RIA Novosti naşrining xabar berişiça, ötgan yilning yanvarida miya caratoni taşxisi qöyilgan xonanda 16 iyunga ötar keçasi vafot etdi.

"Ha. Şunday böldi", deydi marhumaning otasi Vladimir Borisoviç.

Eslatib ötamiz, 2014 yilning yanvarida Janna Friskening turmuş örtoği bölmiş teleboşlovçi Vladimir Şepelov rafiqasining oğir xastalikka çalingani haqida Birinçi kanal efiri orqali ma'lum qilgandi. Şundan keyin xonandaning muxlislari uning davolanişi uçun 68 mln rubl miqdorida mablağ yiğib berişgan, Friske bu pullarning bir qismini onkologik xastaliklarga çalingan bolalar uçun ajratgandi. Keyin esa uning özi Nyu-York va Şanxaydagi kasalxonalarda davolangandi.

Ma'lumot uçun, Janna Friske 1996 yilda "Blestyaşçiye" guruhi bilan çiqişlaridan keyin tanilgan, 2003 yildan boşlab yakkaxon xonanda sifatidagi faoliyatini boşlagandi. Friske "Tungi qorovul" ("Noçnoy dozor"), "Kunduzgi qorovul" ("Dnevniy dozor") va "Erkaklar nima haqida sözlaşadi" ("O çem govoryat mujçiny") kabi filmlarda ham suratga tuşgandi.

"Albatta hamma vafot etadi. Ammo bu juda erta ölim böldi. U mehribon, samimiy va kuçli ayol edi. Ey xudoyim, bu men uçun oğir judolik böldi. Janna, sen u yerda baxtli bölişingga işonçim komil. Ya'ni, sening baxtli yöling davom etadi", deya öz tvitterida yozib qoldiradi Maksim Fadeyev.