Amazon kompaniyasi smartfonni foydalanuvçining quloq şaklini skaner qiliş yordamida blokdan çiqarişning yangi usuliga patent oliş uçun ariza topşirdi.
Ayni paytda telefonni PIN-kod, qöl barmoqlari skaneri va köz tör pardasi yordamida (ZTE Grand S3 da qöllangan) himoya qiliş usullari mavjud bölib, biroq ular istalgan odamga qönğiroqqa javob berişga imkon beradi. Amazon ning patentiga köra, foydalanuvçini aniqlaşning yangi usulida kirayotgan qönğiroqqa smartfonni quloqqa olib kelibgina javob beriş mumkin.
Amazonning identifikatsiya qiliş usuli quloqning paylari va burmalari quloqning har bir odamning özigagina xos bölgan taşqi körinişini şakllantirişiga asoslangan va qurilma egasini aniq indetifikatsiya qiliş imkonini beradi.






