Niderlandiyalik arxitektorlar Amsterdamdagi kanallardan biri ustidan ötuvçi köprikni 3D-printer yordamida “bosib”, 3D-printerlardan quriliş sohasida foydalanişdagi tajribalarni ilğor surişga qaror qilişdi.

“Kompyuterra” portalining xabar berişiça, 3D-printerda köprikni yaratiş loyihasi uçta yirik kompaniya: Heijmans developeri, istiqbolli texnologiyalar laboratoriyasi JorisLaarman va 3D-printerlar işlab çiqaruvçi MX3D kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan. Niderlandiya poytaxtidagi kanallardan birining ustidan ötuvçi pölatdan işlangan yölovçilar köprigi 6ta erkinlik darajasiga ega MX3D Metal robotlaştirilgan qöli yordamida yasaladi. Bunday robot özida payvandlaş va metallni uzluksiz berib turuvçi moslamani mujassamlaştirgan qurilmani boşqaradi.

Şu tariqa köprik metallning suyultirilgan mayda tomçilaridan uzluksiz payvandlaş çoki tarzida quriladi. Bunday konstruksiya listli metalldan ançagina yuqori mustahkamlikka ega böladi. Köprikning yupqa “tayanç iplari” yuklamani yaxşi taqsimlaydi va şamol ta'sirini kamaytiradi.

Köprik quriladigan joy sir saqlanmoqda. Köprik loyihaçilaridan biri Yoris Laarmanning aytişiça, loyiha ötmiş bilan kelajak texnologiyasining qorişmasi sifatida namoyon böladi.

Eslatib ötamiz, Amsterdamda 3D-printerda ikki yildan beri avvalboşida “3D-printerda bosilgan ilk uy” deb atalgan 3D Print Canal House deb nomlanuvçi uç qavatli bino işlanmoqda. Bu loyiha hali ham yakunlanmagan va qaçon yakunlanişi ham noma'lumligiça qolmoqda, biroq loyiha taşkilotçilari öz saytlarida bu quriliş uç yilga möljallanganini aytişmoqda. Bu orada Xitoyda 3D-printerda önlab villalar bosib çiqarilmoqda.