Lyuksemburg Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar içida aholi jon boşiga örtaça yalpi içki mahsulot uluşiga köra eng boy mamlakat sifatida e'tirof etildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining statistika xizmati hisobotida ma'lum qilingan.
Hisobotda qayd etilişiça, uşbu ma'lumotlar YeIga a'zo bölgan 28ta davlat, şuningdek Islandiya, Norvegiya va Şveytsariya, Ittifoqqa qöşiliş uçun nomzod beşta mamlakat (Çernogoriya, Makedoniya, Albaniya, Serbiya va Turkiya) va yana bir potensial nomzod – Bosniya va Gertsegovina kabi mamlakatlarni öz içiga oladi.
Xabarda yozilişiça, ikkinçi örinni Irlandiya egallab turibdi. Ular mazkur reytingda Gollandiyani ortda qoldirişmoqda.
Eng past körsatkiçlar esa Bolgariya va Ruminiya davlatlarida qayd qilingan.






