18-20 iyun kunlari XXRning Sian şahrida YuNVTO taşkilotining Ipak yölidagi turizmga bağişlangan 7-xalqaro yiğilişi bölib ötadi. Tadbir işida Yevropa va Osiyoning 40 davlatidagi yetakçi turistik taşkilotlar vakillari iştirok etadi. Uşbu davlatlar qatorida Özbekiston ham böladi.
Tadbirda Özbekiston vakillari sifatida “Özbekturizm” milliy kompaniyasi rahbariyati iştirok etadi.
Forumning asosiy mehmoni BMT butunjahon turistik taşkiloti boş kotibi Tolib Rifoiy böladi. Tadbir davomida “Buyuk Ipak yöli” brendini tarğib qiliş, unga bölgan talabni oşiriş, sohadagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilinadi.






