Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik mustaqillik yillarida mamlakatda asosiy farovonlik manbasiga, respublika iqtisodiyotining asosiga aylanib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantiriş va işbilarmon odamlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan e'tibor şundan dalolat bermoqda. Mamlakat prezidenti taşabbusiga köra har yili ötkaziladigan “Taşabbus” an'anaviy körik tanlovi buning yorqin misoli böla oladi.
Joriy yilda uşbu tadbirda iştirok etiş bizning taşkilotimiz – Takro Osiyo MÇJ uçun ham, men uçun ham, uşbu kompaniya rahbari sifatida, katta yangilik böldi. Tanlov jyurisi qaroriga muvofiq men “Yilning eng yaxşi tadbirkori” nominatsiyasida boş sovringa sazovor körildim. Men uşbu mukofot professional faoliyatimning yuqori darajada e'tirof etilişining belgisigina böldi, deb hisoblamayman. Men buni mamlakatimizda işbilarmon odamlarga körsatilayotgan e'tiborning yana bir tasdiği deb hisoblayman.
Işbilarmonlar harakatining qöllab-quvvatlanişi qay darajada salmoqli örin tutişiga köp bora amin bölganman. Masalan, davlatimiz rahbari kiçik biznesni qöllab-quvvatlaşga doimiy e'tibor qaratadi, mamlakat rahbariyati tomonidan yil sayin bu yönalişda qat'iy çoralar körilmoqda. Natijada öz işingni boşqariş jarayoni sezilarli darajada yengillaşmoqda, tadbirkorlar uçun yangi imtiyozlar va preferensiyalar yaratilmoqda, biznesga kömak beruvçi yangi samarador strukturalar yuzaga kelmoqda, ijobiy işbilarmonlik muhiti şakllanmoqda.
Körilayotgan çora-tadbirlar içida bir eng muhim yönalişni ajratib körsatişim mumkin – tijorat banklari bilan hamkorlik qilişda oçiqlikni oşiriş, yangi biznes yaratiş va rivojlantiriş uçun kreditlarning borligi. Axir, barçaga yaxşi ma'lumki, tadbirkorlikda moliyaviy resurslar hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Bu haqda men öz korxonam misolida gapira olaman, biz ham bank kreditlari yordamida yangi bosqiçga kötarila oldik.
Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan Takro Osiyo MÇJ 2009 yili yaratilgan bölib, paxta ip gazlama matolari va trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Vaqt ötişi bilan korxona bosqiçma-bosqiç öz işlab çiqariş quvvatlarini oşirib bordi, yangi mahsulot turlarini özlaştirib bordi, öz mahsulotlarini yetkaziş geografiyasini kengaytirib bordi. Işlab çiqariş modernizatsiyasini amalga oşiriş uçun korxonaga qöşimça moliyaviy resurslarni jalb qiliş talab etilardi. Şu maqsadda kompaniya rahbariyati tomonidan bank kreditlariga murojaat qilindi, xususan, “Mikrokreditbank” bilan hamkorlik özini butunlay oqladi. Uşbu moliya muassasasi tomonidan taqdim etilgan mablağ yangi yuqori işlab çiqariş salohiyatiga ega tekstil jihozlarini xarid qilişga yönaltirildi.
Natijada işlab çiqariş hajmi va mahsulot sifati sezilarli darajada ösdi, endi u deyarli töla hajmda eksport qilinadi va taşqi bozorlarda yaxşi talabga ega. Bugun korxona 250dan ortiq xorijiy şeriklar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda, mahsulotning xaridorgirligini oşiriş maqsadida Rossiyada savdo uyi oçildi. “Özbekistonda işlab çiqarilgan” belgisi tuşirilgan mahsulotga bölgan ehtiyojning ortişiga çiqarilayotgan tovarlar sifatini östiriş böyiça olib borilayotgan işlar sabab bölmoqda. Bu yönalişdagi maqsadli çora-tadbirlar tufayli bugun işlab çiqarişda sifat boşqaruvi tizimi joriy qilingan bölib, u xalqaro ISO 9001:2008 standartiga mos keladi.