Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ğarb bilan ixtilofi sun'iy xarakterga ega, deb hisoblaydi sobiq oligarx, siyosatçi Mixail Xodorkovskiy.
“Ğarb bilan bugungi qarama-qarşilik tamoman sun'iydir. Munosabatlarining sovutilişi Rossiya elitasining hokimiyatni saqlab qolişga intilayotgan qismining taşabbusidir”, – dedi u Atlantika kengaşining yiğilişida sözlagan ma'ruzasida.
“Elita duşman obraziga muhtoj, bu aholini korrupsiya hamda hokimiyat samarasizligidan çalğitadi”, – undan iqtibos keltiradi Reuters.
“Putin hokimiyat tepasida qolar ekan, afsuski, yaqinlaşiş haqida gap bölişi mumkin emas”, – qöşimça qildi muxolifatçi.
Xodorkovskiyning fikriça, Rossiyada şunday tizim yaratilganki, undagi har qanday qaror tösatdan bir kişining injiqligi bois özgartirilişi mumkin, bu jarayon esa heç qanday siyosiy mexanizmlar bilan nazorat qilinmaydi.
“Ertami, keçmi, Rossiya rahbariyati özgaradi, Ğarb Rossiyaga YeI va NATO bilan tez va oson integratsiya bölişda yordam beriş kerak”, – sözini yakunladi Xodorkovskiy.
Xodorkovskiy: Putinning Ğarb bilan ixtilofi sun'iydir
16:38 / 18.06.20155 6322 min






