Madridning “Real” jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu özining atirlarini yaratmoqçi. Bu haqda portugaliyalik superyulduz özining tvitterdagi akkauntida ma'lum qildi.

“Men yozning oxiriga atir mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyaman. Yangiliklarni kuzatib boring”, deb yozdi Ronaldu.

Portugaliyalik parfyumeriya mahsulotlaridan taşqari, CR7 (Cristiano Ronaldo 7) brendi ostida erkaklar içki kiyimlari, kiyim-keçak va poyafzal işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Ronaldu taklif qiladigan erkaklar iştonini 17 yevrodan 40 yevrogaça, köylaklarni 65 yevrodan 100 yevrogaça, CR7 poyabzalini esa 79 yevrodan 299 yevrogaça narxda sotib oliş mumkin.

17 iyun kuni futbolçi şarafiga yangi galaktikaga uning nomi berilgandi.

2014 yilda Goal.com portali Ronalduni dunyodagi eng badavlat futbolçi deb e'tirof etdi. Tahlilçilar uning boyligini 210 mln yevroga baholaşmoqda. Portugaliyalik super futbolçi bunday katta miqdordagi pulni “Real” bilan şartnomasi hamda Toyota, Nike, Herbalife, Emirates, Castrol, Samsung va boşqa brendlar bilan hamkorligi hisobiga töplagan.