Finlyandiyaning maşhur elektronika korxonasi Nokia smartfonlar bozoriga qaytmoqçi. Bu haqda korxona rahbari Radjiv Suri nemis jurnali Manager Magazin naşriga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.
Manbaning yozişiça, Nokia hozirda yangi smartfon yaratiş böyiça hamkor qidirmoqda. Kompaniya smartfonlarni özi işlab çiqarmoqçi emas. Ular faqatgina modelni tayyorlaş va uni Nokia nomi bilan litsenziyalaş işlari bilan şuğullanadi.
Hozirgi kunga kelib Microsoft bilan kelişuviga binoan kompaniyaning smartfon işlab çiqara olmaydi. Nokia nomidagi smartfonlarga bölgan çeklov 2016 yil söngiga kelib bekor qilinadi. Hozirda kompaniya Xitoyning Foxconn kompaniyasi bilan hamkorlikda Android operatsion tizimida işlovçi Nokia N1 planşetlarini taklif etmoqda.






