Boks böyiça öta oğir vazn toifasida WBA versiyasi böyiça jahon çempioni, özbekistonlik 36 yoşli boksçi Ruslan Çagayev Pedro Dias bilan maşğulotlardan keyin yana özini yoş yigitlardek kuçga tölib toşayotgandek his qilmoqda. Mayamida 8 haftalik tayyorgarlikdan keyin ğarbda “Oq Tayson” deb nom olgan Çagayev hozirda Gamburgda maşğulotlarni davom ettirmoqda. Çagayev 11 iyulda Germaniyaning Magdeburg şahrida italiyalik Françesko Pianetaga qarşi ötkazadigan jangga ajoyib sport formasida kelayotgani aytdi.
“Men özimning eng yaxşi formamga erişdim. Men özimni 10 yildan beri bunday yaxşi his qilmagandim. Jangni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Deyarli bir yillik tanaffusdan keyin men muxlislarga nimaga qodirligimni körsatişga oşiqyapman. Françesko Pianetaga rahmim kelmoqda, çunki u faoliyatimdagi eng yaxşi davrda menga qarşi ringga tuşadi. Unda meni yutişga heç qanday imkoniyat yöq. U hattoki zarba olganini ham tuşunolmay qoladi”, deb aytmoqda Ruslan Çagayev.






