Apple kompaniyasi birinçi avlod iPad mini planşeti sotuvini töxtatdi. Kompaniya internet dökonidagi planşet turgan sahifa olib taşlandi.

Planşet butunlay sotuvdan olib taşlanmaydi. Uni ombordagi zaxirasi tugagunga qadar sotib oliş mumkin böladi. Bundan söng yangi iPad sotib olmoqçi bölgan insonlar iPad Air, iPad Air 2, iPad mini 2 va iPad mini 3 planşetlaridan birini tanlaşga töğri keladi.

iPad mini I 2012 yilning oktabrida taqdim etilgan hamda bugungi kunga qadar eng arzon iPad hisoblanib kelgan edi.