Farğona viloyatida 2014 yilda xitoylik hamkorlar bilan iş boşlagan “SUN FA” qöşma korxonasida ikki va uç ğildirakli, 1 tonnadan 2,5 tonnagaça yuk kötara oladigan “Hamkor” rusumli mototsikllarni yiğiş yölga qöyilgan edi. Ötgan davrda korxona 250 dan ortiq mototsiklni xaridorlarga yetkazib berdi. Qöşma korxonada yaratilgan yigirmadan ziyod iş örnida, asosan, yoşlar işlamoqda. 

– Korxonada işlab çiqariş hajmini oşiriş maqsadida bir neçta istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş rejalaştirilgan, – deydi “SUN FA” qöşma korxonasi direktori Navröz Rasulov. – Qişloq xöjaligida zarur böladigan ixçam traktorlar, kiçik işlab çiqariş texnologiyalarini özimizda işlab çiqarişni közda tutuvçi biznes-loyiha ana şulardan biridir. Mazkur loyiha amaliyotga joriy etilsa, oltmişdan ortiq yangi iş örni yaratiladi.