Ukraina şarqidagi ixtilof hududidan oğir qurollarni olib çiqib ketiş hali yakunlanangani yöq. Bu xulosa Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti missiyasining hisobotida aks etgan.
“Oğir qurollarni olib çiqiş işlari yakunlangani haqida aytilganiga qaramay, matbuot vakillari ixtilof hududida quyidagi harbiy birliklarni qayd qildilar: Şaxtyorsk orqali yuk maşinalarida ikkita T-72 tanki ğarbga olib ötilgan, Zugres orqali 11 dona T-72 tanki va 4 zirhli maşina şarqqa olib ötilgan”, – deyiladi hujjat matnida.
Şuningdek, ta'kidlanişiça, nazorat droni Donetskdan janubdagi Komsomolskoye şahrida 10ta tank va 27ta zirhli maşinani, Vasilevsk şahrining janubi-ğarbida esa 4 dona öziyurar artilleriya birligini qayd qilgan. Şirokino qişloğida portlaşlar sodir etilgan.
19 iyun kuni peşindan söng ixtilof hududida tört yarim soat içida 144 portlaş kuzatilgan. 113 marta öt oçişni töxtatiş tartibi buzilgan.
YeXHT: Donbassda hali ham oğir qurollar qöllanmoqda
20:02 / 21.06.20153 7641 min






