Sözim tegişli bul dam,
Qişloğu şaharlikka.
Uyquga berib barham,
Turinglar saharlikka!

Şaytonni kuyuntirib,
Olovdan kiyintirib,
Allohni suyuntirib,
Turinglar saharlikka!

Subh dilni sato qilur,
Tangrim rizq ato qilur.
Turmagan xato qilur,
Turinglar saharlikka!

Tursak, gunohlar azon -
Tökilar misli xazon.
Bu oy - mohi Ramazon,
Turinglar saharlikka!

Fayziyob subhi sodiq,
Olmagay bizdan soliq.
Bizni xalq qilgan Xoliq,
Turinglar saharlikka!

Bizga omonat bu jon,
Uni aylaylik omon.
"Allohu akbar", debon,
Turinglar saharlikka!

Ğaflat - dözaxiy öçoq,
Yoxud şaytoniy quçoq.
Iblisga sançib piçoq,
Turinglar saharlikka!

Kimki, ğaflatdan nari,
Bölmas kamu köstlari.
Ey, Botirning döstlari,
Turinglar saharlikka!

Botirjon Ergaşev