Irkutsk şahrida yirik “Avalon” savdo markazi yonmoqda. Bu haqda viloyat böyiça favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ayni paytda savdo markazi binosidan 60 kişi evakuatsiya qilingan.
Yonğinni öçirişga 25 ta texnika birligi va 70 dan ziyodroq öt öçiruvçi jalb qilingan. Öt öçiriş poyezdi kelişi kutilmoqda.
Savdo markazi binosi qulaşi mumkinligi aytilmoqda. Öt öçiruvçilar bino içkarisidan olib çiqilib, faqatgina taşqarida işlaşmoqda.
Ma'lumotlarga köra, yonğin binoning 600 kv metr keladigan oziq-ovqat saqlanadigan omborxonasida çiqqan. Omborxona 4,5 ming kv metr maydonga ega savdo markaziga qöşimça bino sifatida qurilgan bölgan.
Hozirda 2,5 ming kv metr maydondagi yonğin öçirilgani aytilmoqda.






