Ispaniyaning Sevilya şahrida joylaşgan Airbus Defence and Space (ADS) korxonasida spotterlar tomonidan Özbekiston harbiy havo kuçlari belgilariga ega Airbus C295W harbiy-transport samolyotlari qayd qilindi.
Samolyotning bort raqami “01 oq”, seriya raqami – 137.
S295W S295M harbiy-transport samolyotining oxirgi modifikatsiyasi hisoblanadi. U 2013 yili birinçi marta taqdim etilgan.
Özbekiston bu borada şartnoma imzolagani haqidagi axborot matbuotda e'lon qilinmagan edi. Yil boşida ADS 8ta samolyotga buyurtma olganini ma'lum qilgan edi. Oradan biroz vaqt ötib, bu samolyotlarning 4tasi Saudiya Arabistoni içki işlar vazirligi tomonidan buyurtma qilingani aniqlandi. 17 iyun kuni internetga çiqqan rasmlar asosida qolgan samolyotlarning buyurtmaçisi Özbekiston ekanligi aytilmoqda.
Şu tariqa, Özbekiston MDH hududida bunday rusumdagi samolyotni sotib olgan ikkinçi davlat (Qozoğistondan keyin) böladi.