"Yuventus" himoyaçilaridan biri Leonardo Bonuççi "Real" jamoasining transfer bozoridagi qiziqişlari doirasiga tuşgan.
Madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres 28 yoşli uşbu italiyalik himoyaçiga Serxio Ramosning örinbosari sifatida qaramoqda.
Biroz oldinroq, özaro tuşunmovçilik tufayli Ramos "Real"ni tark etiş niyatida ekani xabar qilingandi.
El Mundo Deportivo naşrida yozilişiça, "Real" Bonuççi uçun 30 mln yevro tölaşi mumkin.
Şuningdek, Peres bu öringa munosib nomzod sifatida "Valensiya"ning argentinalik himoyaçisi Nikolas Otamendini xarid qilişni möljallamoqda.
Öz navbatida "Mançester Yunayted" Serxio Ramos va Otamendidan birini öz tarkibiga qöşib olişni rejalaştirgan.
Ma'lumot uçun, Bonuççi "Yuventus" bilan 2019 yilgaça tuzilgan şartnomaga ega hamda u Turinda yiliga 3,5 mln yevro maoş oladi.






