“Real Madrid” jamoasining uç nafar futbolçisi klub prezidenti Florentino Peresning boşqaruv uslubidan norozi bölişmoqda.
Jamoa sardori Iker Kasilyas Peresdan jamoaga bir neça bor Buffonni taklif etmoqçi bölgani, şuningdek, jamoa sobiq boş murabbiyi Joze Mourino bilan bölgan kelişmovçiliklar vaqtida özini qöllab-quvvatlamaganidan norozi bölsa, klub himoyaçisi hamda ikkinçi sardori Serxio Ramosning prezident bilan munosabati şartnomani uzaytirişdagi muammolar sabab yomonlaşgan.
Şuningdek, jamoa töpurari Kriştianu Ronaldu ham “Atletiko Madrid”ga qarşi keçgan uçraşuvdan (0:4) söng Peres uni qöllab-quvvatlamagan deb hisoblamoqda. Bundan taşqari, Portugaliya terma jamoasi sardori jamoaning sobiq boş murabbiyi Karlo Ançelottining öz lavozimida qolişini istagani va klub uning fikrini inobatga olmaganidan norozi bölmoqda.






