Britaniyalik 111 yoşli Nazar Singx vafot etdi. U nafaqat Britaniyaning, balki Yevropaning ham eng keksa erkagi edi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Aytilişiça, u 111 yoşga tölganidan ikki hafta ötib vafot etgan.
Singx 1904 yili Panjobda dunyoga kelgan. Angliyada u 50 yil yaşagan. Uning 9 farzandi, 34 nabirasi va 63 evarasi bor.
Ta'kidlanişiça, Singx ikkita jahon uruşi, buyuk inqirozni va 25 boş vazirni körgan yagona britaniyalik edi.

Singxning Sanderlendda istiqomat qiluvçi nabirasi, 31 yoşli Xarvnider Gill bobosining Hindistonda, oila davrasida vafot etganini ma'lum qildi.
Ilgari bergan intervyularidan birida Nazar Singx uzoq umr köriş siri yaxşi oila, töğri ovqatlaniş va baxtda ekanligini aytgan edi.