22 iyun kuni Özbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligida Koreya delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarnomadan ma'lum böldi.
Aytilişiça, delegatsiyaga Koreya hisob palatasi komissari Çin Yeng Gon rahbarlik qilgan. Uçraşuv davomida ikki tomonlama aloqalar, mehnat bozori istiqbollari borasida fikr almaşilgan.

Jumladan, Çing Yeng Gon ayni paytda Koreya öz korxonalariga 16 davlat mutaxassislarini jalb qilayotganini va bu yönalişda Özbekiston bilan hamkorlik qilişga asosiy ahamiyat qaratayotganini ma'lum qildi. Aynan şu tufayli Koreya Özbekistonda texnik ta'limni rivojlantirişga kömaklaşib kelmoqda va kelajakda bu işni davom ettiradi.
Öz navbatida, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri A. Abduhakimov özbekistonlik işçilar Koreyada işlaş bilan birga qimmatli tajriba töplab kelayotganini, bu esa mahalliy mutaxassislar sonini oşirişga kömaklaşayotganini ta'kidlab ötdi.

2007 yili ikki davlatning tegişli vazirliklari örtasida özaro tuşuniş memorandumi imzolanganidan buyon Koreyaga Özbekistondan 22.5 ming nafar işçi yuborilgan. Ayni paytda Koreyadagi özbekistonlik işçilar soni 15.1 ming kişini taşkil qiladi.