Ukrainada media sohasini isloh qiliş doirasida 518 mahalliy va viloyat gazetalari xususiylaştiriladi. Bu haqda Ukraina Gostelekomradio raisi Oleg Nalivayko bayonot berdi.

“Bu jiddiy islohot, negaki 518 gazetalarni qoplaydi. Ularning umumiy adadi 2.3 nusxani, yillik umumiy daromadi esa 286 mln grivnani (13 mln dollar) taşkil qiladi. Tahririyatlarda 4 631 mutaxassis işlaydi, ularning yarmi jurnalistlardir”, – uning sözlarini keltiradi TASS agentligi.
Matbuot xizmati tarqatgan axborotnomada keltirilişiça, naşrlarning 33.9 foizi daromad köradi, 21 foizi esa mahalliy byudjyetdan yordam puli hisobiga işlab turibdi. Ayna mana şu naşrlar loyiha tarkibida qayta tuziladi.

Bir yil davomida loyiha amalga oşiriladi, ikki yil davomida esa naşrlar xususiylaştiriladi.