"IŞID" jangarilari özi bosib olgan hududlarda yangi valyutani muomilaga kiritadi. The Telegraph naşrida yozilişiça, bu valyuta "Islomiy dinor" deb nomlangan va bunday bir oltin dinor 139 dollarga teng hisoblangan.
Yaqin vaqt içida jangarilar Iroq va Suriyaning katta qismida uşbu valyutani joriy qilişi aytilgan.
Jangarilar taşkiloti şu orqali "şaytoniy dunyo iqtisodidan özini himoya qiliş"ni közlagan.
Qayd etilişiça, zarb etilayotgan tangalar xalifa Usmon davridagi tangalarga öxşaş körinişda bölib, tanganing bir tomonida dunyo xaritasi, ikkinçi tomonida esa 7 boşoq tasvirlangan.
Bu tanga suratlari taşkilot a'zosi bölgan Abu Ibrohim Rakkavi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan. U Suriyaning Rakka şahridagi jangarilar guruhi a'zosi ekani ma'lum qilingan.






