Google hammuassislaridan biri Sergey Brin turmuş örtoği, 23andMe xususiy biotexnologik kompaniyasi boş direktori Anne Voyjitski bilan ajraşdi. Bu haqda Wopular naşri xabar bermoqda.
Ayni paytda Brin ClearAccessIP patent kompaniyasining asosçisi Nikol Şanaxan bilan uçraşib yuribdi. Juftlik 2015 yil örtalarida Yamaykada turmuş qurmoqçi.
Nikoh şartnomasining bekor qilinişidan söng ularning şaxsiy daromadlari körsatkiçlari qisman özgaradi. 2015 yili Brinning aktivlari 30 mlrd dollarga baholangan edi.
Aytilişiça, juftlik amalda 2013 yildayoq ajraşib bölgan. Öşanda Brin Google Glass bölinmasida işlayotgan Amanda Rozenberg bilan uçraşib yurganini tan olgan edi. Keyinçalik ularning aloqalari uzildi, lekin Brin rafiqasining oldiga qaytmadi. Şu bilan birga, ular yon qöşni bölib qolmoqda.