Bugun 24 iyun kuni jahon futbolining eng yorqin futbolçilaridan biri bölgan “Barselona” klubi a'zosi Lionel Messi 28 yoşni qarşilamoqda. U 1987 yilning 24 iyunida Argentinaning Rosario şahrida tuğilgan.

Messi futbol bilan 5 yoşidan, havaskor klub hisoblanadigan “Grandoli”da boşlagan. Jamoaga Messining otasi Xorxe murabbiylik qilgan. Şundan söng, Leo “Nyuells Old Boyz” klubida öynagan.

Uning oilasi Messi 11 yoşga tölganda Barselonaga köçib kelişadi hamda Leo 13 yoşida “Barselona”ning yoşlar jamoasida töp sura boşlaydi. U özining debyut uçraşuvida pokerga, mavsum davomida esa 30ta uçraşuvda 37ta gol urişga muvaffaq böladi.

Argentinalik futbolçi asosiy jamoa tarkibida 2003 yilning 17 noyabrida “Portu”ga qarşi keçgan örtoqlik uçraşuvida debyut öyinini ötkazadi. Öyindan söng mahalliy gazetalar “Bu bolakayda Maradonaning çap oyoği, Kroyfning tezligi hamda Ronaldinoning passlari mujassam” deb yozgan edi. Rasmiy uçraşuvlardagi debyuti 2004 yilning 16 oktabrida “Espanol”ga qarşi keçgan öyinda yuz beradi.

Messi “Barselona” bilan 7 marotaba Ispaniya çempionati, 3 bor Ispaniya kubogi hamda 4 marta Çempionlar ligasida zafar quçgan. Bundan taşqari, Ispaniya superkubogi (6), UYeFA superkubogi (2) hamda klublar örtasidagi jahon çempionatida (2) oltin medallarni qölga kiritgan. Messi umumiy hisobda “Barselona” bilan 24 ta sovrinni qölga kiritgan.

Leo ketma-ket 4 marotaba jahonning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan yagona futbolçi hisoblanadi. Şuningdek, u “Barselona” tarixida eng köp töp kiritgan futbolçi (umumiy gollar soni 440 ta, rasmiy uçraşuvlarda 412 ta), Ispaniya La-ligasi (286) hamda Çempionlar ligasining (77) eng yaxşi töpurari hisoblanadi. Argentinalik futbolçi FIFA tomonidan e'lon qilinadigan dunyo terma jamoaga ketma-ket 8 marotaba (2007-2014) kiritilgan.