23 iyun kuni Özbekiston futbol federatsiyasida ötkazilgan navbatdan taşqari yiğiliş vaqtida Özbekiston milliy terma jamoasi va Özbekiston olimpiya terma jamoasining boş murabbiylari iste'foga çiqarildi.

Şuningdek, yiğiliş davomida bir neça futbol mutasaddilariga qattiq hayfsan berilgan. Bu haqda "Pravda Vostoka" naşri yozgan.

Ta'kidlaş joizki, keyingi 1 yil davomida Özbekiston milliy terma jamoasi 8ta öyin ötkazdi va atigi 2ta ğalaba qayd etdi. Bu öyinlar böyiça töplar nisbati körsatkiçlari öta yomon ahvolda - 9-16. Oxirgi vaqtlarda ötkazilgan uçraşuvlarda Yaponiya terma jamoasidan 1:5, KXDRdan esa 2:4 hisobida mağlub bölindi.

Şuningdek, Olimpiya terma jamoasining natijalari ham maqtagulik bölmagan. Olimpiyaçilar boşqa terma jamoalarning özaro natijasi va yordami evazigagina Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkaziladigan Olimpiada-2016 öyinlariga yöllanma oliş uçun kuraşni davom ettiradigan bölgan.

Qolaversa, joriy mavsumda içki çempionatdagi jamoalar ham xalqaro maydonlarda qoniqarsiz natijalar qayd etişdi. OÇLda iştirok etgan 4 jamoaning birontasi guruh bosqiçidan öta olmadi, faqat Qarşining "Nasaf" jamoasi özining öyinlari bilan muxlislar köngliga taskin berib, mutaxassislarning işonçiga sazovor böldi.

Majlisga Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov raislik qildi. Usmonov kun tartibidagi masalalar haqida gapirarkan, Özbekistonda hukumat yaratib berayotgan şaroitlarda unumli foydalaniş kerakligini alohida ta'kidladi.

"Özbekiston Prezidenti millionlar öyiniga jiddiy e'tibor qaratiş böyiça körsatma bergan. Vazifalar bajarilyaptimi? Hosilni yiğiş vaqti kelganda nimani körsatamiz? Sizlardan nega bunday bölayotganini söraş vaqti keldi. Murabbiylar va futbolçilardan natija talab qiladigan vaqt keldi. Mas'uliyatni oşiriş kerak!

Men bir yildan beri milliy terma jamoaga xorijiy mutaxassisni jalb qiliş böyiça sizlarga taklif va mulohaza kiriting deyman, nega indamaysizlar? Qani taklif? Har qanday mablağ evaziga, har qanday mutaxassisni jalb etişga tayyor ekanligimni har majlisda takrorlasam ham heç biringiz indamaysiz! Nega Terma jamoalar markazi bu masalani ijobiy hal qilmay, bir yildan beri çözib yuripti. Bu masalani şaxsiy nazoratim ostiga olaman va muhlat beraman. Navbatdagi öyinga tayyorgarlik boşlangunça, terma jamoada xorijlik maslahatçi murabbiy iş boşlaşi kerak. Tamom!", deydi