Avstraliyada baliq ovlovçi kema tasodifan Cetorhinus maximus deb ataluvçi, suv yuzasida juda kam körinadigan katta akulani tutib oldi, deb xabar bermoqda “Moya Planeta” telekanali.

Uşbu akula Bass böğozida tutib olindi. Uşbu akula sayyoraning eng katta, sirli va kam örganilgan mavjudotlari qatoriga kiritiladi, çunki ular inson köziga kamdan-kam taşlanadi.

Ma'lumotlarga köra, bu akulaning maksimal ölçami 15 metrgaça yetişi mumkin, bunda akula urğoçisining uzunligi erkaginikidan bir neça metrga köproqni taşkil etadi. Tutib olingan akulaning uzunligi 6,3 metr ekanligi aniqlandi.

Akula Melburndagi Viktoriya muzeyiga örganiş uçun topşirildi. Muzey xodimlarining aytişiça, 160 yil içida ular bor-yöği uç marta şu turdagi akulalar bilan işlaşlariga töğri kelgan.