Özbekistonlik tennisçi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem şahrida davom etayotgan «AEGON Open» tennis turniri final yöllanmasini qölga kiritdi.

Istomin yarim finalda kiprlik maşhur tennisçi Markus Bagdatisni mağlubiyatga uçratib mazkur yöllanmani qölga kiritgan.

Kun.Uz’ning aniqlik kiritişiça, Toşkent vaqti bilan 16:15da boşlangan uçraşuvda Markus Bagdatis 2:1 hisobida oldinda borayotgan va öz töp oşirayotgan geymda Istomin ikkinçi marta «breyk-point» imkoniyatini qölga kiritgandi. Biroq mazkur vaziyatda kiprlik tennisçi jarohat oldi va uçraşuvni davom ettira olmasligi ma'lum böldi.

Endi Istomin ertaga bölib ötadigan final uçraşuvida maydonga çiqadi. Istomin raqibini aniqlab beradigan ikkinçi uçraşuvda ukrainalik Aleksandr Dolgopolov AQŞ vakili Sem Kuerriga qarşi kortga çiqadi.

Eslatib ötamiz, keça bölib ötgan çorak finalda Denis Istomin musobaqaning törtinçi tartib raqamidagi tennisçisi Leandro Mayyerni mağlubiyatga uçratgandi.