Buyuk Britaniyaning Nottingem şahrida davom etayotgan "AEGON Open" tennis turniri özining qizğin pallasiga kirib kelmoqda. Qiziği şundaki, unda iştirok etayotgan mamlakatimizning birinçi raqamli raketka ustasi Denis Istomin yarim final yöllanmasini qölga kiritdi, deb yozadi sports.uz.
Mazkur bosqiçda hamyurtimiz ATP reytingida 21-poğonada borayotgan argentinalik Leanardo Mayyerni 2 soatu 18 daqiqa davom etgan murosasiz va qiyin keçgan bellaşuvda 6/3, 6(8)/7, 7(6)/6 hisoblarida taslim etdi. Uşbu natijadan söng tomonlarning özaro uçraşuvlari 2:1 körinişini oldi. Albatta, Denis foydasiga.
Istominning yarim finaldagi raqibi italiyalik Simone Bolelli musobaqadan çiqarib yuborgan kiprlik Markos Bagdatis böladi.
AEGON Open
Nottingem, Buyuk Britaniya
21 – 27 iyul 2015
Mukofot jamğarmasi – 644 065 funt
Çorak final
Markos Bagdatis (Kipr) – Simone Bolelli (Italiya) - 6:4, 6:4
Denis Istomin (Özbekiston) – Leonardo Mayyer (Argentina) - 6:3, 6:7, 7:6.
Keyingi yarim final iştirokçilari quyidagi juftliklari bahslaridan söng ma'lum böladi.
Sem Kuerri (SŞA) – Jil Simon (Fransiya)
Aleksandr Dolgopolov (Ukraina) – Lu Yen-Xsun (Tayvan)
Denis Istomin yarim finalga yöl oldi
05:03 / 26.06.20155 0012 min






