Rossiyalik siyosatçi va olim Yevgeniy Primakov olamdan ötdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning oila a'zolariga ta'ziya izhor qildi.
Primakov siyosatçi böliş bilan birga, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi edi. 1996-1998 yillarda u taşqi işlar vaziri, 1998-1999 yillarda esa hukumat raisi lavozimida işlagan.

Sergey Lavrovning sözlariga qaraganda, Primakov 1998 yilgi defolt va inqiroz oqibatlarini bartaraf qilişda hal qiluvçi rol öynagan. Şuningdek, Primakov Rossiya taşqi siyosatida tub buriliş yasab, atlantizmdan voz keçgan va köp qutbli dunyo tomon yuzlangan.

Vaşingtonga uçib ketayotgan paytda, samolyot okean ustidan ötayotganda AQŞ Yugoslaviyani aviazarbalarga tutişni boşlaganini eşitgan siyosatçi samolyotni ortga burib, qaytib ketgan. Uning bu harakati “Atlantika uzra ortga qaytiş” sifatida maşhur.