Özbekistonda hozirça abonentlarga çeklanmagan internet trafigi beriş imkoniyati mavjud emas. Buni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Alişer Fayzullayev aytib ötdi.

Uning sözlariga qaraganda, köpçilik foydalanuvçilar aniq narxlar asosida çeklanmagan trafik taqdim etilişini istaydi.

“Afsuski, biz bunga tayyor emasmiz, ammo uşbu yönalişda işlamoqdamiz. Internet narxi tuşib bormoqda. Negaki pul evaziga mijozga köproq hajm yoki köproq xizmatlar oladi. Köplar narxlarning qimmatligidan noliydi, ammo TAS-IX bepulligini heç kim tilga olmaydi”, – dedi Fayzullayev Uzbekistan Today naşriga bergan intervyusida.

“Özbektelekom” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Aleksandr Suçkovning sözlariga qaraganda, taşqi kanalgina narxlarni belgilab beradigan omil emas.