Nikoh töylarida ortiqça haşamatga yöl qöymaslik uçun çora-tadbirlar körilayotgan bir paytda, ayrimlar yangidan-yangi urf-odat va udumlarni öylab topmoqda, deb yozadi “Inson va qonun” gazetasi.

“Birgina nikoh töyi şunça daxmazaga aylangani kamdek, uning yoniga baçki bölib, “qizlar bazmi”, “kelin çaqiriq”, “kuyov çaqiriq”, “quda-anda çaqiriq”, “çorlar”, “asal oyi”, “yöqlov” kabilar ham qöşilgan. Bularning bari hayot mazmunini toğaralar kötarişdan iborat, deb biladigan beş-oltita ğirt bekorçi xotinlar tomonidan öylab topilgan va ularning har biri bitta töyning xarajatiga yaqinlaşib qoladi”, – deydi maqola muallifi Mirislom Badalov.

Uning fikriça, “yozilmagan qonun”larni tan olmaydiganlar uçun töy ötkazişning huquqiy asosini yaratiş lozim:
“Modomiki, ayrimlar aholining yozilmagan qoidalarini tan olmayotgan ekan, demak, töy-marosimlar va ma'rakalarni ötkazişning huquqiy asosini yaratiş lozimdir. Davlatimiz rahbarining 1998 yil 28 oktabrdagi Farmoni bu borada biz uçun dasturilamal bölişi lozim. Ammo eng asosiy masala, baribir, yurtdoşlarimizning fikrini, tasavvur va tafakkurini özgartirişda qolmoqda. Bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarini yanada kuçaytiriş hammamizning burçimiz va vazifamizdir”.