Ukrainada kazinolar faoliyatiga yana ruxsat beriladi. Bu haqda boş vazir Arseniy Yatsenyukka tayangan holda UNIAN agentligi xabar bermoqda.
Ukrainada öyin biznesi 2009 yili töxtatilgan edi. Endilikda bu biznesni qayta jontantiriş taklif qilinmoqda.
“Bugun ertalab xalq deputatlari bilan uçraşdim, ular orasida muxolifatçilar ham bor edi. Ular öyin biznesini soyadan çiqariş borasida qonun loyihasi işlab çiqib, parlament muhokamasiga qöyişni taklif qildi”, – dedi boş vazir.
Uning işontirib aytişiça, sohadan olingan daromadning asosiy qismi madaniy loyihalarga sarflanadi.






